9-may. Tarixda boqiy bo‘lib qoluvchi sanalardan biri. O‘z yurti va xalqi uchun kurashgan har bir shahid askarning xotirasiga bag‘ishlanadi. Xotira va qadrlash kuni!
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizda!